Urganch shahar hokimligi huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasining   11 iyul 2014 yil 589 sonli qarori bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik   jamiyatining Ustaviga kiritilgan o‘zgartirish  va qo‘shimchalar matni

 

Eski taxrirda

Yangi taxrirda

16.4. bandi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi
moliya yili tugagandan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishida jamiyatning Kuzatuv Kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini)
saylash to‘g‘risidagi jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (bundan
buyon matnda direktor deb yuritiladi) bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish,
uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi, jamiyatning yillik hisoboti,  yillik
biznes-rejasini tasdiqlash, jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash haqidagi
masalalar hal etiladi.

 

 

16.8. bandi T. Xat
boshisi. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyat tomonidan  yirik bitimlar
va jamiyatning afillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul
qilish.

 

 

 

 

 

 

 

16.4. bandi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi
moliya yili tugagandan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishida jamiyatning Kuzatuv Kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini)
saylash to‘g‘risidagi jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (bundan
buyon matnda direktor deb yuritiladi) bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish,
uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi, shuningdek chet el  menedjerlarini
tanlov asosida rahbarlik lavozimlariga saylash, jamiyatning yillik hisoboti,
yillik biznes-rejasini tasdiqlash, jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash
haqidagi masalalar hal etiladi.

 

 16.8 bandi T. Xatboshisi Qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda yirik bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Yirik bitim balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish
to‘g‘risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining
o‘n besh foizidan ellik foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk hususida yirik
bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror jamiyat Kuzatuv Kengashi a’zolari tomonidan bir
ovozdan qabul qilinadi, bunda Kuzatuv kengashidan chiqib ketgan a’zolarning ovozi
inobatga olinmaydi.

Yirik bitim tuzish masalasi bo‘yicha jamiyat Kuzatuv
kengashining yakdilligiga erishilmagan taqdirda yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi
masala Kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
hal qilishi uchun olib chiqilishi mumkin.

Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to‘g‘risida
qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining ellik foizidan
ortig‘ini tashkil etuvchi mol-mulk hususida yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.

Yirik bitim jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi
yoki Kuzatuv kengashi ushbu bitim bo‘yicha qaror qabul qilganidan keyin jamiyatning
ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi.

Jamiyatning afillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish
aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarni huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi
qonunni 9 bobi 85 moddasi asosida qaror qabul qiladi.