2015yil 27 iyun kuni soat 10-00 da Urganch shahar A.Temur ko‘chasi 77 uyda “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyati binosida aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi.

K U N           T A R T I B I

1 “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyatining 2014 yil yakuni bo‘yicha jamiyat ijroiya organi direktorining hisoboti va biznes – reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi.
2. Jamiyat ijroiya organi direktorining mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish masalasi.
3. Kuzatuv Kengashi hisoboti va uning o‘tkazgan yig‘ilish qarorlarini tasdiqlash
4. Kuzatuv Kengashi a’zolari tarkibini qayta saylash.
5. Taftish komissiyasining hisoboti va uning tarkibini qayta saylash.
6. 2014 yil yakunlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvi hulosasini ko‘rib chiqish.
7. 2015 yil uchun jamiyat auditorini tasdiqlash va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdorining chegarasini belgilash.
8. Jamiyatning 2014 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash.
9. 2014 yil yakuni bo‘yicha aksiyadorlarga dividiyent miqdori, to‘lash tartibi va muddatini belgilash, shuningdek fondlarning tashkil qilinishi to‘g‘risida.
10. Jamiyatning 2015 yil uchun biznes-rejasini tasdiqlash.
11. Jamiyat aksiyadorlariga dividiyent to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorliklar to‘g‘risida.
12. Jamiyat Kuzatuv Kengashi raisi va a’zolari xizmatiga rag‘batlantirishni belgilash.
13. Jamiyatni tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash
14. Jamiyat va uning tarkibidagi sho‘’ba va unitar korxonalar Nizomlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.
Umumiy yig‘ilishga aksiyadorlar pasport bilan, vakillarning esa pasport va natorial tasdiqlagan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish soat 9-00 da boshlanadi.

Aksiyadorlar reyestri yopiladigan sana: 2015 yil 28 may va 2015 yil 23 iyun
ASOS: Jamiyat Kuzatuv Kengashining 2015 yil 20 may 8 – son yig‘ilish qarori