Sanoq komissiyasining umumiy yig‘ilishda qatnashayotgan jamiyat aksiyadorlarini ro‘yxatga olish natijalari to‘g‘risidagi 2015 yil 27 iyun 1–sonli bayoni o‘qib eshittirildi. Sanoq komissiyasining ba’yoniga asosan umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan 174 nafar aksiyador va ularning vakillari 357126 ta nomi yozilgan oddiy aksiyalar bilan ro‘yxatdan o‘tganligi ma’lum qilindi. Bu ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan jami 612677 dona oddiy aksiyalar sonining 58,29 foizini tashkil etganligini hisobga olib, jamiyat aksiyadorlarining 2014 yil yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi umumiy yig‘ilishi vakolatli deb topilib yig‘ilish ishi ochiq deb e’lon qilindi.

“Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2014 yil yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi umumiy yig‘ilishi kun tartibi va ish reglamenti o‘kib eshittirildi.

1. “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyatining 2014 yil yakuni bo‘yicha jamiyat ijroiya organi direktorining hisoboti va biznes – reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi.

(Ma’ruzachi–jamiyat ijroiya organi direktori B.Norbaev)

2. Jamiyat ijroiya organi direktorining mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish masalasi.

(Ma’ruzachi- jamiyat Kuzatuv kengashi raisi K.Babajonov)

3. Kuzatuv Kengashi hisoboti va uning o‘tkazgan yig‘ilish qarorlarini tasdiqlash.

(Ma’ruzachi Kuzatuv kengashi raisi K.Babajonov)

4. Kuzatuv Kengashi a’zolari tarkibini qayta saylash.

(Ma’ruzachi – “Xivashaharsavdo” sho‘‘ba korxonasi direktori B.Matrasulov)

5. Taftish komissiyasining hisoboti va uning tarkibini qayta saylash. (Ma’ruzachi-jamiyat taftish komissiyasi a’zosi A.SHaripova)

6. 2014 yil yakunlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvi hulosasini ko‘rib chiqish.

(Ma’ruzachi Jamiyat ichki auditori R.Allaberganov )

7. 2015 yil uchun jamiyat auditorini tasdiqlash va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.

(Ma’ruzachi Jamiyat bosh hisobchisi R.Karimkuliev)

8. Jamiyatning 2014 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash.

(Ma’ruzachi jamiyat bosh hisobchisi R.Karimkuliev)

9. 2014 yil yakuni bo‘yicha aksiyadorlarga dividient miqdori, to‘lash tartibi va muddatlarini belgilash, shuningdek fondlarning tashkil qilinishi to‘g‘risida.

(Ma’ruzachi – aksiyador “Gurlansavdo” sho‘‘ba korxonasi bosh hisobchisiS.Davletov)

10. Jamiyatning 2015 yil uchun biznes-rejasini tasdiqlash.

(Ma’ruzachi Aksiyador – “Urganchsavdo” sho‘‘ba korxonasi direktori T.Xaitboev )

11. Aksiyadorlarga dividient to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorliklar to‘g‘risida

(Ma’ruzachi – Jamiyat bosh hisobchisi R.Karimkuliev)

12. Jamiyat Kuzatuv Kengashi raisi va a’zolari xizmatiga rag‘batlantirishni belgilash.

(Ma’ruzachi – jamiyat raisi Norbaev Baxodir Iskandarovich)

13. Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.

(Ma’ruzachi – jamiyat bosh hisobchisi Rustam Karimkuliev )

14. Jamiyat va uning tarkibidagi sho‘‘ba va unitar korxonalar Nizomlarga qo‘shimcha va o‘zgarishlarkiritish to‘g‘risida.

(Ma’ruzachi -jamiyat bosh hisobchisi Rustam Karimkuliev )

Q A R O R Q I L D I:

1. “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyati ijroiya organi nomidan jamiyat boshqaruvi raisi B.Norbaevning 2014 yildagi xo‘jalik yuritish va jamiyat iqtisodiyotini boshqarishdagi hamda o‘tgan yilga begliganlan biznes-reja ko‘rsatkichlarini bajarish yuzasidan hisoboti qoniqarli deb topilsin .

(Ushbu qaror yig‘ilish qanashchilarining 100,0 foiz ovozi bilan ma’qullandi. Asos: Sanoq komissiyasining 2015 yil 27 iyun kungi 2-sonli bayoni)

2.Yig‘ilish ishida qatnashayotgan aksiyadorlarning talab va takliflarini inobatga olgan holda “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyati ijroiya organi yakkaboshchilik asosida ish yurituvchi direktori Baxodir Iskandarovich Norbaevning mehnat shartnomasi muddati yana bir yil muddatga uzaytirilsin va u bilan ishga yollash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasi tuzilsin..

(Ushbu qaror yig‘ilish qannashchilarining 100,0 foiz ovozi bilan ma’qullandi. Asos: Sanoq komissiyasining 2015 yil 27 iyun kungi 2-sonli bayoni)

3. “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv Kengashining 2014 yilgi hisoboti va 2014 yil mobaynida qabul qilgan 20 ta (1-20) sonli yig‘ilish bayoni qarorlari ma’lumot uchun qabul qilinsin va tasdiqlansin.

(Ushbu qaror yig‘ilish qatnashchilarining 100,0 foiz ovozi bilan maqullandi. Asos: Sanoq komissiyasining 2015 yil 27 iyun kungi 2- sonli bayoni).

4. Bildirilgan taklif va o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv Kengashi a’zolari tarkibi 9 kishidan iborat qilib quyidagicha tasdiklansin.

Kuzatuv Kengashi a’zolari Kummulyativ ovozlar soni
Matnazarov Mansur 367318 ovoz
Babajanov Komil 406666 ovoz
Davletov Xaitboy 343676 ovoz
Matyusupov SHavkat 345616 ovoz
Razzakov Mansur 321479 ovoz
Ibragimov Baxtiyor 344384 ovoz
Jabbarganov Rustam 342892 ovoz
Siddiqov Hushnud 364521 ovoz
Kutimov Atanazar 318023 ovoz

(Asos: Sanoq komissiyasining 2015 yil 27 iyun kungi 2-sonli majlis bayoni).

5. “Xorazm kafolat savdo” ochiq aksiyadorlik jamiyati taftish komissiyasining 2014 yilgi xo‘jalik moliya faoliyatining natijalari yuzasidan tayyorlangan va aksiyadorlarga o‘qib eshittirilgan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin va tasdiqlansin.

(Ushbu qaror yig‘ilish qanashchilarining 100,0 foiz ovozi bilan ma’qullandi. Asos: Sanoq komissiyasining 2015 yil 27 iyun kungi 2-sonli bayoni)

O‘tkazilgan ovoz berish natijalariga asosan “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyati taftish komissiyasi a’zolari tarkibi 3 kishidan iborat qilib kuyidagicha tasdiklansin.

Bobojonov Olimboy – nafaqaxo‘r 99,63 % ovoz

SHaripova Aysha – nafaqaxo‘r 99,65 % ovoz

Qoshnazarov Atabek – nafaqaxo‘r 99,63 % ovoz bilan ma’qullandi.

(Ushbu qaror yig‘ilish qanashchilarining 99,64 foiz ovozi bilan ma’qullandi Asos: Sanoq komissiyasining 2015 yil 27 iyun kungi 2-sonli bayoni)

6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2009 yil 3 iyun 739 son bilan davlat ro‘xatidan o‘tkazilgan,O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2008 yil 14 martdagi berilgan AF 00376 sonli litsenziyasiga ega “Qashadaryokonsauditinform” MCHJ shaklidagi auditorlik tashkiloti tomonidan jamiyatni 2014 yil moliya xo‘jalik faoliyati bo‘yicha aksiyadorlarga o‘qib eshittirilgan auditorlik hulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin va tasdiqlansin.

(Ushbu qaror yig‘ilish qatnashchilarining 100,0 foiz ovozi bilan maqullandi. Asos: Sonoq komissiyasining 2015 yil 27 iyun kungi 2- sonli bayoni)

7. 2015 yil jamiyat faoliyati bo‘yicha auditorlik tekshiruvi o‘tkazish uchun auditorlik tashkiloti qilib “UHY Tohskent” MCHJ belgilansin va unga haq to‘lash chegarasi miqdori 10,0 mln. so‘mgacha qilib belgilansin.

(Ushbu qaror yig‘ilish qatnashchilarining 100 foiz ovozi bilan ma’qullandi. Asos: Sanoq komissiyasining 2015 yil 27 iyun kungi 2-sonli bayoni.)

8. “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyatining 2014 yil yakunlari bo‘yicha moliviy hisobot balansi, moliyaviy natijalari, foyda va zarar hisobotlari, hamda 2015 yilning 1-yanvar holatiga asosiy fondlari va sof aktivlari quyidagi ko‘rsatkichlar miqdorida tasdiqlansin. (ming so‘mda)

Ko‘rsatkichlar nomi Aktiv Ko‘rsatkichlar nomi Passiv
Asosiy vositalar(qoldiq bahosi) 4275474 Ustav kapitali 2634511
Uzoq muddatli investitsiyalar (qimmatli qog‘oz) 35174,0 Zaxira kapitali 2983217
Kapital qo‘yilma 176269 Jamg‘arilgan foyda 2778430
Uzoq muddatli debitorlik qarzlar 3650 Taksimlanmagan foyda 73876
Ishlab chiqarish va tovar zaxiralari 4245421
Kelgusi davr harajatlari (3100) 37694 Kelgusi davr harajatlariuchun zaxiralar 5493
Debitorlik qarzlar 1751090 Kreditorlik qarzlari 2764177
Pul mablag‘lari 714932
B a l a n s
11239704 B a l a n s 11239704

2014 yilning moliyaviy natijalari

Mahsulot sotishdan va xizmat ko‘rsatishdan kelgan yalpi tushum
24341254
Jamiyatning balans foydasi
859721
Byudjetga to‘lovlar
785845
Hisobot davrining sof foydasi
73876

Xiva, Manoq, Gurlan, Xazorasp va “Qo‘shko‘pirsavdo” sho‘‘ba korxonalarining yig‘ma hisobotlari bo‘yicha 2014 yilda ko‘rilgan 160417,0 ming so‘m zarari korxonalarning jamg‘arilgan foydalari hisobidan qoplansin.

(Ushbu qaror yig‘ilish qatnashchilarining 100 foiz ovozi bilan ma’qullandi. Asos: Sanoq komissiyasining 2015 yil 27 iyun kungi 2-sonli bayoni.)

9. “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyatining 2014 yil yakunlari bo‘yicha jamiyat aksiyadorlariga divident to‘lovlari to‘lash tartibi va muddatlarini belgilash, shuningdek fondlarni tashkil qilinishi quyidagi tartibda tasdiqlansin:

– jamiyat nizomiga muvofiq zaxira fondiga 5% ya’ni 3693,8 ming so‘m;

– Aksiyadorlarga divident to‘lovi uchun 30 % ya’ni 22162,8 ming so‘m yoki jamiyatning joylashtirilgan 612677 dona aksiyasini har bir donasiga 36 so‘m 17 tiyindan to‘lashga;

– qolgan pul mablag‘laridan Kuzatuv Kengashi a’zolariga rag‘batlantirish uchun 11248,0 ming so‘m va qolgan 36771,4 ming so‘m jamiyat sho‘‘ba va unitar korxonalarini jamg‘arilgan foyda fondiga yo‘naltirilsin. Jamg‘arilgan foyda jamiyat umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan tasdiqlangan biznes – rejalarga muvofiq savdo, ishlab chiqarish, umumiy ovqatlanish faoliyatini rivojlantirish, yangi do‘kon, omborxona va ishlab chiqarish ob’ektlari qurish, tizimga yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini jalb qilish, savdo jixozlari, sovutqichlar, yuk tashish va maxsus transport vositalari sotib olish, kadrlar tayyorlash, ularni malakalarini oshirish tadbirlariga yo‘naltirilishi belgilanib o‘tilsin.

– jamiyat aksiyadorlariga reestr asosida divident to‘lovlari Respublikada mavjud to‘lov turlari bilan 2015 yil 01 sentyabrgacha “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilsin. Dividient to‘lovlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish maksadida qoldiqdagi sof foydadan ajratilgan 30 % 22162,8 ming so‘m pul mablag‘i 20.07.2015 yilgacha, Kuzatuv Kengashi a’zolari uchun to‘lov 11248,0 ming so‘m pul mablag‘ini 2014 yil 01 sentyabrgacha sho‘‘ba va unitar korxonalar tomonidan “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyati hisob raqamiga o‘tkazilishi belgilansin. Dividient to‘lovlarini amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish yuzasidan “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi ma’sul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.

 

(Ushbu qaror yig‘ilish qatnashchilarining 100,0 foiz ovozi bilan ma’qullandi. Asos: Sanoq komissiyasining 2015 yil 27 iyun kungi 2-sonli bayoni.)

10. “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyatining 2015 yil uchun ishlab chiqilgan va o‘qib eshittirilgan Biznes – rejasi tasdiqlansin.

Tasdiqlangan Biznes-rejaning barcha parametrlari “Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi savdo korxonalarining barchasiga rahbarlik va bajarish uchun yuborilsin.

(Ushbu qaror yig‘ilish qatnashchilarining 100,0 foiz ovozi bilan ma’qullandi. Asos: Sanoq komissiyasining 2015 yil 27 iyun kungi 2-sonli bayoni.)

11. Aksiyadorlarga dividient to‘lovlaridan bo‘lgan jismoniy shaxslarni 2011 yil uchun da’vo muddati o‘tgan 32 643 357 so‘m pul mablag‘ini jamiyat ixtiyoriga o‘tkazilib, jamiyat daromadiga olinsin va belgilangan tartibda soliq to‘lovlari to‘lansin.

(Ushbu qaror yig‘ilish qatnashchilarining 100,0 foiz ovozi bilan ma’qullandi. Asos: Sanoq komissiyasining 2015 yil 27 iyun kungi 2-sonli bayoni.)

12. Jamiyat Kuzatuv Kengashi raisi va a’zolari xizmatiga rag‘batlantirish quyidagi tartibda tasdiqlansin.

– Kuzatuv Kengashi raisi eng kam oylik maoshining 15 barobari miqdorida 1 776 000 so‘m;

– Kuzatuv Kengashi a’zolarining har biriga eng kam oylik maoshining 10 barobari miqdorida jami 9 472 000 so‘m. Hammasi bo‘lib 11 248 000 so‘m qilib belgilansin.

(Ushbu qaror yig‘ilish qatnashchilarining 100,0 foiz ovozi bilan ma’qullandi. Asos: Sanoq komissiyasining 2015 yil 27 iyun kungi 2-sonli bayoni.)

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi 2015 yil 24 aprel PF 4720 son farmoniga asosan ishlab chiqilgan jamiyatning tashkiliy tuzilmasi ilovaga asosan tasdiqlansin.

(Ushbu qaror yig‘ilish qatnashchilarining 100,0 foiz ovozi bilan ma’qullandi. Asos: Sanoq komissiyasining 2015 yil 27 iyun kungi 2-sonli bayoni.)

14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi 2015 yil 24 aprel PF 4720 son farmoniga asosan jamiyatning va uning tarkibidagi sho‘‘ba va unitar korxonalar Nizomlariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar ilovalarga asosan tasdiqlansin.