“Xorazm kafolat savdo” aksiyadorlik jamiyati (oldingi nomi «Xorazmmatlubotsavdo» ochiq aksiyadorlik jamiyati) 2004 yil yanvar oyida tashkil etilgan.

Jamiyatning Nizom fondi 2634511,1 ming so‘mni tashkil qilib, naminal qiymati 4300 so‘mdan bo‘lgan 612 677 dona oddiy egasi yozilgan hujjatsiz aksiyalari 1443 ta aksiyador o‘rtasida 100% taksimlanib Respublika Davlat markaziy depozitariysida 30 oktyabr 2014 yilda oxirgi marta ro‘yxatga olingan.

Jamiyat Nizom fondida davlat ulushi mavjud emas.

Jamiyat mulklari jamiyatga qarashli sho‘’ba va unitar korxonalari balansiga foydalanish uchun berilgan, mulklarni tasarruf qilish, ijaraga berish, garovga qo‘yish, sotish va boshqa begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha holatlar jamiyat va korxonalar Nizomi asosida jamiyat boshqaruvining vakolatiga kiradi.

Jamiyatning 01.01.2015 yil holatiga;

Umumiy maydoni 5040 m2 bo‘lgan 10 ta omborxonasi, maxsus mevasabzavot saqlaydigan sovutkichli 5 ta, jami – 450 tonna sig‘imli omborxonalari,

– 71ta chakana savdo shaxobchalari;

– 5 ta sutkasiga 28,2 tonna non va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari;

– 5 ta umumiy ovqatlanish korxonalari;

20 ta chakana savdo sho‘’ba va unitar korxonalari…